"Neftchi" Bolgariyaning «Septemvri» klubi ustidan g‘alaba qozondi

Turkiyaning Belek shahrida yig‘in o‘tkazayotgan «Neftchi» navbatdagi nazorat uchrashuvida ham ishonchli o‘yin namoyish qildi. Islom Ismoilov qo‘l ostidagi jamoa Bolgariyaning «Septemvri» klubiga qarshi bahsda 2:0 hisobida zafar quchib, yig‘in davomidagi tayyorgarlik jarayoni qanchalik to‘g‘ri ketayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Uchrashuvda hisob 28-daqiqada ochildi. Zoran Marushich raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Neftchi»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda jamoa o‘yin nazoratini yo‘qotmadi, tempni ushlab turdi va yakuniy nuqtani 83-daqiqada Nurbek Sarsenbayev qo‘ydi. Shu tariqa, «Neftchi» ikki gol urdi, o‘z darvozasini daxlsiz saqladi va nazorat o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi.
Nazorat uchrashuvi
Turkiya. Belek shahri
«Neftchi» – «Septemvri» (Bolgariya) 2:0
Gollar: Zoran Marushich 28’, Nurbek Sarsenbayev 83’
«Neftchi»: 45.Akbar To‘rayev (Botirali Ergashev) 4.Boyan Siger (Muhammadqodir Rasuljonov), 8.Vladimir Yovovich (Daler Tuxsanov), 9.Hurshid G‘iyosov (Abror Ismoilov), 10.Jamshid Iskanderov (Azizbek Erimbetov), 20.Anvar G‘ofurov (Nurmuhammad Abdug‘aniyev), 21.Muhsin Ubaydullayev (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev), 23.Yovan Jokich (Mo‘minxon Bahodirxonov), 32.Zoran Marushich (Nurbek Sarsenbayev), 34.Farruh Sayfiyev (Ikrom Aliboyev), 2.Izzatillo Po‘latov (Farhod Sohibjonov).
Belekdagi yig‘inda aynan shunday bahslar murabbiylar shtabi uchun ham, futbolchilar uchun ham muhim: forma, o‘zaro tushunish, yangi bog‘lanishlar va taktik ko‘nikmalar aynan o‘yin amaliyotida mustahkamlanadi. «Neftchi» esa bu uchrashuvda ham natija bilan birga, himoyadagi tartib va hujumdagi samaradorlikni ko‘rsata oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!