date

Amerikalik UFC jangchisi prognozi: Getjiga qarshi Peddining payti keldi

Amerikalik UFC jangchisi prognozi: Getjiga qarshi Peddining payti keldi

Yengil vazn (70 kg) toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kutilayotgan Jastin Getji — Peddi Pimbblett to‘qnashuvi atrofida qizg‘in muhokamalar kun sayin kuchaymoqda. Bu safar prognoz bildirganlar orasida amerikalik UFC jangchisi Mario Bautista ham bor.

Bautista bu juftlik haqida gapirar ekan, ikki sportchining jang uslubi muxlislarga alohida zavq berishi, tanlov qilish esa oson emasligini ta’kidladi. Shunga qaramay, u o‘z qarorini Peddi tomonga burdi.

“Tanlash qiyin, ikkovining ham janglarini ko‘rish menga yoqadi. Lekin bu safar Pimbblettni tanlardim. Chunki hozir aynan uning davri kelyapti. Peddi istalgan raqibni muddatidan oldin taslim qiladigan yoki to‘xtatib qo‘yadigan darajada tayyor ko‘rinmoqda”, — degan Bautistaning fikrlarini “BJ Penn” nashri keltirdi.

Darhaqiqat, bu jangning mazasi ham shunda: Getji — qattiq zarba, temp va jangda “o‘chmas gaz” kabi bosim. Peddi esa kutilmagan harakatlar, yerdagi ish va tezkor yakuniy yechimlari bilan xavfli. Ya’ni, bu to‘qnashuvda bir lahzada hamma narsa o‘zgarib ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji hamda Peddi Pimbblett o‘rtasidagi bellashuv 25 yanvar kuni “UFC 325” turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Muxlislar esa allaqachon sanani belgilab qo‘ygan: bu kecha “kimning davri” ekanini aniq ko‘rsatib berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amerikalik UFC jangchisi prognozi: Getjiga qarshi Peddining payti keldi