
O‘zbekiston va Qozog‘iston kunlik temiryo‘l qatnovlarini 35 juft poyezdga oshirishga kelishib oldi. Ushbu qaror Sariog‘och va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda qabul qilindi.
Uchrashuvlarda don va oziq-ovqat mahsulotlarini tashish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida O‘zbekiston har kuni kamida o‘nta don ortilgan va beshta oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan poyezdlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Kechikishlarning oldini olish uchun tomonlar temiryo‘l yo‘laklari va barcha xizmatlarni, jumladan dam olish kunlari va bayramlarda ham uzluksiz faoliyatini ta'minlashga kelishib oldi. Shuningdek, tomonlar o‘zbek qabul qiluvchilarining imkoniyatlarini inobatga olgan holda eksport yuklarini rejalashtirish va bo‘sh vagonlar aylanishini muvofiqlashtirishga kelishdi.
Joriy yilning dastlabki 11 oyida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuk tashish hajmi 28,5 million tonnaga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga oshdi. Don tashish hajmi esa 32 foizga ko‘payib, 5,6 million tonnaga yetdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.