date

2027 yil – Preventiv diplomatiya yili

2027 yil – Preventiv diplomatiya yili

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda bo‘lib o‘tgan tinchlik va ishonch forumi doirasida 2027 yilni Preventiv diplomatiya yili deb e’lon qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Ushbu tashabbus doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilmalari, jumladan, Ashxoboddagi Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz ishtirokida xalqaro konferensiyalar, forumlar va delegatsiyalar almashinuvi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Prezident Mirziyoyev Turkmanistonning 2025 yilni Xalqaro tinchlik va ishonch yili deb e’lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oya nizolarni muzokaralar orqali hal qilishni maqsad qilgan davlatlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, Prezident 2026 yilda Toshkentda xalqaro gumanitar forum – “Madaniyatlar muloqoti”ni tashkil etishni hamda “Yoshlar tinchlik va ishonch yo‘lida” dasturini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 2027 yil – Preventiv diplomatiya yili