date

Markaziy bank AFI rahbariyatiga saylandi

Markaziy bank AFI rahbariyatiga saylandi

Moliya xizmatlariga keng kirishni ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashkilot — Moliya inklyuzivligi alyansi (AFI) O‘zbekiston Markaziy bankini tashkilotning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidan Direktorlar kengashining rais o‘rinbosari va vakili sifatida sayladi.

O‘zbekiston Markaziy banki raisi Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, "AFI Direktorlar kengashiga qabul qilinganlik O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan moliyaviy inklyuziyani rivojlantirish, kichik va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv moliyaviy ekotizim poydevorini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarning e’tirofi hisoblanadi." Markaziy bank AFI doirasida muhim o‘rin egallab, ilgari ham tashkilotning rahbariyatida faoliyat olib borgan.

Bank byudjet va moliya masalalari hamda genderga yo‘naltirilgan moliyalashtirish bo‘yicha qo‘mitallarda faoliyat yuritgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy banki AFIning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosati bo‘yicha rahbarlik qilmoqda.

AFI — rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari va moliyaviy regulyatorlari tomonidan asos solingan xalqaro tarmoq bo‘lib, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank AFI rahbariyatiga saylandi