date

Toshkentda bank bo‘limi boshlig‘i 120 ming dollarni qimorga sarfladi

Toshkentda bank bo‘limi boshlig‘i 120 ming dollarni qimorga sarfladi

Toshkent shahrida internet orqali qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga 120 ming AQSH dollarini yo‘naltirib, mablag‘larni talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tijorat banki murojaati asosida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida Yashnobod tumanida joylashgan bank filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan E.N. “A.” MCHJ mas’ul shaxslari hamda boshqa fuqarolar bilan o‘zaro kelishib ish tutgani aniqlangan.

Tekshiruv jarayonida mazkur shaxslar “B.B.” MCHJ nomiga 120 ming AQSH dollari miqdorida kredit rasmiylashtirilishiga erishgani ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik soxta hujjatlar rasmiylashtirish yo‘li bilan kredit mablag‘lari naqd pulga aylantirilib, olingan mablag‘lar internetdagi qimor hamda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga sarflangan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda 228-moddasi — hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda mazkur jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bank bo‘limi boshlig‘i 120 ming dollarni qimorga sarfladi