date

Andijonga shahar aholisi uchun 40 ta elektrobus yetib keldi

Andijonga shahar aholisi uchun 40 ta elektrobus yetib keldi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Andijon shahriga Xitoyning Cambell brendiga mansub 40 dona yangi elektrobus yetkazib berildi. Mazkur avtobuslar ekologik toza va zamonaviy transport vositalari sifatida xizmat qiladi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yaqinda foydalanishga topshirilgan 2-elektrobuslar parkiga tashrif buyurib, uning infratuzilmasi va yangi kelgan elektrobuslarni shaxsan ko‘zdan kechirdi.

Mazkur transport vositalari shaharning turli ko‘chalarida belgilangan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qatnay boshlagan va aholiga muntazam xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi elektrobuslar nafaqat ekologik, balki qulaylik jihatdan ham zamon talablari asosida ishlab chiqilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonga shahar aholisi uchun 40 ta elektrobus yetib keldi