date

Moskva-Qarshi reysi Samarqandga yo'naltirildi

Moskva-Qarshi reysi Samarqandga yo'naltirildi
Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva-Qarshi yo'nalishida qatnovchi SVR2457 reysi yomon ob-havo tufayli Samarqandga yo'naltirildi. Uzbekistan Airports ma'lumotiga ko'ra, Qarshi aeroportida noqulay ob-havo sharoiti sababli samolyotlarni qabul qilish cheklangan.

FlightRadar24 xizmatining xabar berishicha, samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo'ngan. Ural Airlines aviakompaniyasining bosh qarorgohi Yekaterinburg shahrida joylashgan bo'lib, kompaniya Rossiya ichki va xalqaro yo'nalishlarda parvozlarni amalga oshiradi.

Asosiy hublari Yekaterinburgdagi Koltsovo hamda Moskvadagi Domodedovo aeroportlarida joylashgan. Aviakompaniya Airbus samolyotlaridan foydalanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Moskva-Qarshi reysi Samarqandga yo'naltirildi