
Buyuk Britaniya Farg‘ona kimyo zavodiga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Korxona 18 dekabr kuni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Kompaniyaga nisbatan aktivlar muzlatilishi va trast xizmatlarini taqiqlash chorasi ko‘rildi. Britaniya hukumatining fikriga ko‘ra, zavod Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetiga tahdid soluvchi harakatlar uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovar yoki texnologiyalarni yetkazib bergan.
Shuningdek, sanksiyalar O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan boshqa kompaniyalarga ham tatbiq etildi: Bundan tashqari, Toshkentda tug‘ilgan va O‘zbekiston, Isroil hamda Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan Rustam Muminovga ham sanksiyalar qo‘llanildi. Britaniya ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukraina barqarorligiga xavf tug‘diruvchi moliyaviy xizmatlar yoki resurslarni taqdim etishda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda, Buyuk Britaniya sanksiyalar rejimini yangilash doirasida 24 yangi jismoniy va yuridik shaxsni ro‘yxatga qo‘shdi. Barcha ro‘yxatga kiritilganlarga aktivlar muzlatilishi va qo‘shimcha moliyaviy cheklovlar joriy etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.