date

28 dekabr uchun ob-havo prognozi yog'ingarchilik va qor yana qaytadi

28 dekabr uchun ob-havo prognozi yog'ingarchilik va qor yana qaytadi

28 dekabr, yakshanba kuni Oʻzbekistonning bir qator hududlarida yomgʻir yogʻishi kutiladi. “Oʻzgidromet” maʼlumotiga koʻra, ayrim joylarda shamol kuchayib, tezligi 18 m/soniyagacha yetishi mumkin. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Havo harorati janubiy va markaziy viloyatlarda +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi, shimolda esa +3…+8 daraja iliqlik saqlanadi. Toshkent shahrida sinoptiklar +11…+13 darajani prognoz qilmoqda, yogʻingarchilik ehtimoli kunning ikkinchi yarmida oshadi.

Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir bilan birga qor yogʻishi kutilmoqda, baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchayishi mumkin. Shunga qaramay, bu hududlarda ham havo harorati +2 darajadan yuqori bo‘lishi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 28 dekabr uchun ob-havo prognozi yog'ingarchilik va qor yana qaytadi