date

2026 yildan O‘zbekistonda soliq, ijtimoiy va raqamli islohotlar

2026 yildan O‘zbekistonda soliq, ijtimoiy va raqamli islohotlar

2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda aholi, tadbirkorlar va davlat idoralari hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi qator muhim yangiliklar kuchga kiradi. Ushbu o‘zgarishlar ijtimoiy himoyani kuchaytirish, soliq yukini yengillatish hamda davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirishga qaratilgan.

Eng avvalo, homiladorlik, tug‘ish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari endilikda to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali to‘lanadi. Bu nafaqalarni olish jarayonini ancha shaffof va kafolatli qiladi.

Kichik biznes uchun ham yengilliklar joriy etilmoqda: yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar uchun yagona soliq stavkasi atigi 1 foizni tashkil etadi. Bu soya iqtisodiyotini qisqartirish va rasmiy faoliyatni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Zargarlik sohasida ham jiddiy yangilik bor. Endilikda zargarlar majburiy tarzda QQS to‘lovchisi bo‘ladi, biroq to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 80 foizi davlat tomonidan qaytarib beriladi. Shu bilan birga, QQSni hisobga olish mexanizmi tubdan yangilanib, soddaroq va ochiq tizimga o‘tiladi.

Hisobotchilik sohasida esa byurokratiya keskin kamaytiradi. Jami 105 ta hisobot endi hisobot.gov.uz orqali elektron tarzda topshiriladi, 17 ta eskirgan statistik hisobot shakli esa butunlay bekor qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalariga alohida e’tibor qaratilib, soliq va elektr energiyasi bo‘yicha imtiyozlar taqdim etiladi. Tirik chorva importida QQS to‘lovi 180 kungacha kechiktirilishi esa fermerlar uchun moliyaviy yukni ancha yengillashtiradi.

Shaharsozlik va xavfsizlik yo‘nalishida ham innovatsion yechimlar joriy etilmoqda. Tarixiy obyektlarda seysmik monitoring o‘rnatiladi, Toshkent shahrida esa zilzilalarni sun’iy intellekt yordamida oldindan prognoz qilish tizimi ishga tushiriladi.

Ijtimoiy yordamlar “Raqamli mahalla” platformasi orqali yuritilib, ehtiyojmand aholini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash yanada samarali bo‘ladi. Shuningdek, xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish jarayoni YAIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilib, bu sohadagi qog‘ozbozlikka barham beriladi.

Qisqasi, 2026 yildan kuchga kiradigan ushbu islohotlar kundalik hayotni yengillashtirish, biznes muhitini yaxshilash va davlat boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2026 yildan O‘zbekistonda soliq, ijtimoiy va raqamli islohotlar