date

Putin 2026 yilni qanday nom bilan atagani ma’lum bo‘ldi

Putin 2026 yilni qanday nom bilan atagani ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2026 yilni mamlakat miqyosida muhim ramziy ahamiyatga ega davr sifatida belgilab, uni «Rossiya xalqlari birdamligi yili» deb e’lon qildi. Bu tashabbus Rossiyadagi ko‘p millatli jamiyatda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur nomni joriy etish taklifi prezidentga Butunrossiya kazaklar jamiyati atamani Vitaliy Kuznetsov tomonidan ilgari surilgan. Davlat rahbari ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, Rossiyada millatlararo va dinlararo munosabatlar so‘nggi yillarda ijobiy yo‘nalishda rivojlanayotganini alohida ta’kidladi.

Putinning qayd etishicha, hozirgi kunda Rossiya hududida 190 dan ortiq millat va elat vakillari, shu jumladan, tubjoy kichik va avtoxton xalqlar istiqomat qiladi. Ana shu xilma-xillik mamlakatning boyligi sifatida baholanib, uni asrash va rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, prezident yana bir muhim tashabbusni ilgari surib, 2027 yilni «Geografiya yili» deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu davrda Rossiya tarixi va hududiy rivoji bilan bog‘liq bir qator muhim geografik yubileylar nishonlanadi.

Bu qarorlar Rossiya jamiyatida milliy birdamlik, tarixiy meros va umumiy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Putin 2026 yilni qanday nom bilan atagani ma’lum bo‘ldi