date

Hafta boshida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Hafta boshida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 29 dekabr kuni mamlakatning bir qator hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi va ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.

Toshkent shahrida kechasi yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi esa havo asosan quruq saqlanadi. G‘arbdan esuvchi shamol tezligi 5–10 m/s bo‘ladi. Harorat kechasi 6–8 daraja iliq, kunduzi 15–17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda kunduzgi harorat 13–20 daraja iliqqa yetadi.

Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo hamda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ayrim joylarda ertalabki tuman kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida esa vaqt-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan esib, ba’zi hududlarda tezligi oshishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta boshida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi