date

Samarqand viloyatida 242 km ichimlik suvi tarmogʻi tortiladi

Samarqand viloyatida 242 km ichimlik suvi tarmogʻi tortiladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatining 2026 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 14 ta tuman hududida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 90 ta obyekt barpo etilishi va ta’mirlanishi, shuningdek 242 km suv quvurlari qurilishi hamda yangilanishi rejalashtirilgan.

Rejada infratuzilmaning boshqa yo‘nalishlari ham bor: 290 km dan ortiq avtomobil yo‘llari quriladi va rekonstruksiya qilinadi, 15 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 70 ta transformator punkti o‘rnatilib, 137 km elektr tarmoqlari yangilanadi.

Hududdagi qurilish va ta’mirlash ishlari «yashil» yondashuvlar hamda energiya samaradorligi bo‘yicha minimal talablar asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, kelgusi yil iyulidan boshlab viloyatdagi suv ta’minoti korxonalari suvdan foydalanish uchun undiriladigan soliqlar hisobidan tushadigan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shu davrdan Samarqand viloyatida tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatishga subsidiyalar joriy etiladi: har bir gektar uchun 12 mln so‘m to‘lanishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyatida 242 km ichimlik suvi tarmogʻi tortiladi