
Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmatiga ko'ra, tadbirkordan pul undirishga uringan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Maxsus tezkor tadbir Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida o'tkazildi. Natijada soliq idorasining sobiq xodimi va ayni paytda ishlayotgan yana ikki nafar soliqchi 700 AQSH dollari hamda 15 million so'mni olgan vaqtida ushlangan.
Ma'lum bo'lishicha, ular oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi MChJda go'yoki 213 million so'mlik qonunbuzarliklarni aniqlaganini aytib, 2 ming AQSH dollari evaziga bu summani 34 million so'mgacha "kamaytirib berish"ni va'da qilgan. Ushbu holatda sobiq soliq xodimi vositachi sifatida harakat qilgani qayd etildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.