Toshkent aeroporti tuman sabab parvozlar qabul qilishi va uchishini vaqtincha chekladi

Toshkent xalqaro aeroportida qalin tuman kuzatilgani bois samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish jarayonlari vaqtincha cheklab qo‘yildi. Bu haqda UzAirports matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tuman tufayli ko‘rish masofasi 700 metrgacha pasaygan. Natijada Seuldan uchib kelayotgan Centrum Air’ning C6550 reysi hamda Jiddadan yo‘lga chiqqan Air Samarkand’ning 9S3304 reysi zaxira aerodrom sifatida Samarqandga yo‘naltirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing