Toshkentda ayolni bezovta qilganlikda gumonlangan erkak ushlandi

Toshkent shahar IIBB Farhod bozori atrofida ayolga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan erkak qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Hodisa 6 yanvar kuni soat 18:50 da Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida yuz bergan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi 27 yoshli fuqaroga nisbatan nopok harakatlar qilgan va voqea joyidan yashiringan.
Keyinchalik IIBB xodimlari gumonlanuvchini aniqlab, ushlagan. Holat yuzasidan Uchtepa tumani ichki ishlar bo‘limida tergovga qadar tekshiruv boshlangan.
IIBB ushbu erkakning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan fuqarolardan 71 231-95-20 raqamiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishni so‘radi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing