Yangiyo‘lda o‘zi boqqan itini so‘yib yegan erkak fosh bo‘ldimi?
1 daqiqa o'qish365

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Yangiyo'l shahrida 29 yoshli fuqaro itlarni o'ldirib, go'shtini iste'mol qilgani haqida xabar kelib tushdi.
- “Mehr va oqibat” jamiyati bu holat yuzasidan Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan, “Ekolog” jamoat birlashmasi esa gumon qilinayotgan shaxs bunday harakatlarni avval ham takrorlagan bo'lishi mumkinligini bildirdi.
- “Ekolog” direktori Nargis Qosimovaning aytishicha, huquqiy chora ko'rish uchun belgilangan tartibda ariza tayyorlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha jamiyat Ichki ishlar organlariga rasmiy murojaat yo‘llab, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilgan shaxsni aniqlash va uni qonun doirasida javobgarlikka tortishni so‘ragan.
Shu bilan birga, voqeaga “Ekolog” jamoat birlashmasi ham tezkor ravishda e’tibor qaratgan. Tashkilot direktori Nargis Qosimovaning aytishicha, o‘rganish ishlari davomida gumon qilinayotgan shaxs 29 yosh ekani va Yangiyo‘l shahrida istiqomat qilishi aniqlangan. “Ekolog”ning ma’lum qilishicha, u bunday harakatlarni avval ham takrorlab kelgan bo‘lishi mumkin. Hozirda unga nisbatan huquqiy chora ko‘rilishi uchun belgilangan tartibda ariza tayyorlanmoqda.
Jamiyat bergan qo‘shimcha axborotda aytilishicha, ushbu holat haqida Call-markaz orqali murojaat kelib tushgan. Murojaatchi tanishidan it egasi hayvonni o‘ldirib, go‘sht uchun so‘yayotgani aks etgan videolarni olganini bildirgan.
Xabarda keltirilishicha, ko‘ngillilar va hayvonlarni himoya qiluvchilar mahalla nozirlari bilan birga manzilga yetib borganida, uyda gumon qilinayotgan shaxsning onasi va singlisi ham bo‘lgan. Ona avval boshdan farzandining bunday ishga qo‘l urishi mumkinligiga ishonishni istamagan, hatto videoyozuvlar ko‘rsatilganidan keyin ham inkorni davom ettirgani qayd etilgan.
Ayni paytda ishga huquqiy baho berish va aniq xulosa chiqarish vakolatli idoralar tekshiruvi orqali hal bo‘ladi. Biroq bu kabi holatlar jamiyatda hayvonlarga munosabat, nazorat va targ‘ibot masalalarini yana bir bor keskin ko‘tarib chiqyapti. Qonun va jamoatchilik nazorati birga ishlasa, shafqatsizlikka yo‘l qolmaydi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…