Bo‘ridan qo‘ylarini qutqardi, ekologiya esa jarima qo‘lladi

1 daqiqa o'qish2.6K
Bo‘ridan qo‘ylarini qutqardi, ekologiya esa jarima qo‘lladi
Surxondaryo viloyatida qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hududiy bosh boshqarma ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, holat 2025 yil 10 dekabr kuni Uzun tumaniga qarashli “Beshkapa” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Fuqaro M.I. o‘z qaramog‘idagi mayda shoxli chorva — qo‘ylarni adirlik hududda o‘tlatib yurgan paytda bo‘ri hujumiga duch kelgan.
Qayd etilishicha, yirtqich hayvon chorvaga tashlanganidan so‘ng, fuqaro mollarni saqlab qolish va himoya qilish maqsadida bo‘rini ta’qib qilgan. Natijada bo‘ri nobud bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro o‘z tushuntirish xatida aynan qo‘ylarni asrash uchun harakat qilganini bildirgan.
Biroq tekshiruv jarayonida fuqaroning ushbu harakatlari O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 33-moddasi talablariga zid ekani aniqlangan.
Natijada, fuqaro M.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 8 million 240 ming so‘m jarima jazosi qo‘llandi.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ham fuqarolar tomonidan hayvonlarga nisbatan qonunbuzarlik holatlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?