Rashk fojiaga aylandi: talaba va xorijlik halok bo‘ldi

Toshkent shahrida yuz bergan dahshatli voqea jamoatchilikni larzaga soldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21 may kuni Sergeli tumanida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan bog‘liq og‘ir jinoyat sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu oliygohda o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritgan, 1998 yilda tug‘ilgan yigit rashk sababli 2004 yilda tug‘ilgan talaba qiz hamda uning tanishi — 1975 yilda tug‘ilgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosiga pichoq bilan hujum qilgan.
Hodisa oqibatida xorijlik fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Og‘ir tan jarohatlari olgan talaba qiz esa shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordamga qaramay, ikki kun o‘tib — 23 may kuni shifoxonada vafot etgan.
Aniqlanishicha, jabrlangan talaba qiz universitetning talabalar turar joyida istiqomat qilgan. Hozircha ushbu holat yuzasidan universitet tomonidan rasmiy bayonot berilmagan. Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilar bunday fojialarning oldini olish zarurligini ta’kidlamoqda.





























Izohlar 0
…