Samarqandda haydovchi uxlab qolgani sababli daxshatli YTH sodir etdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida haydovchining uxlab qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa 16-may kuni soat 04:30 larda M-37 "Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 118 kilometrida yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "FAV" rusumli avtomobil haydovchisi Samarqand–Navoiy yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda u yo‘l chetida to‘xtab turgan "Sinotruk Howo" yuk avtomobilining chap yon qismiga borib urilgan.
Shundan so‘ng transport vositasi harakatni to‘xtata olmay, oldinda turgan yana bir yuk avtomobilining orqa qismiga ham to‘qnashgan. YTH natijasida har ikki yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in FVB xodimlari tomonidan qisqa vaqtda bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!