Kuchli shamol havo sharini qulatdi, jabrlanganlar bor

Tojikistonning Xo‘jand shahrida bayram tadbiri vaqtida kutilmagan hodisa yuz berdi. Kuchli shamol ta’sirida boshqaruvni yo‘qotgan havo shari bir nechta uylar tomiga qulagani oqibatida bir necha kishi jarohat oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 1 iyun kuni kechqurun Kamoli Xo‘jandiy nomidagi teatr atrofida sodir bo‘lgan. Havo shari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri uchun O‘zbekistondan olib kelingan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida havo shari ichida bo‘lgan 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yerga qulagan va turli jarohatlar olgan. Shuningdek, sharni ushlab turgan zanjir uzilib ketishi oqibatida hodisa joyida bo‘lgan 40 yoshli mahalliy ayol ham jabrlangan.
Manbalarning bildirishicha, jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hodisa vaqtida ayolning voyaga yetmagan qizi ham voqea joyida bo‘lgani, uning yengil tan jarohati olgani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!