Tayvanda BTS chiptasi uchun ibodat boshlandi

Tayvanda BTS muxlislari sevimli guruhining konsertiga chipta qo‘lga kiritish uchun noodatiy usulni tanlamoqda. Chiptalarga talab nihoyatda yuqori bo‘lgani sababli, ko‘plab muxlislar an’anaviy yo‘llardan tashqari ruhiy va diniy yo‘llarga ham murojaat qilishni boshlagan.
Xususan, ular Taypey shahridagi ibodatxonalardan biriga borib, daoizm e’tiqodidagi muhabbat va taqdir xudosi — Yue Laodan yordam so‘ramoqda. Muxlislar ushbu maskanga BTS'ning ramziy rangi hisoblangan binafsha rangdagi sovg‘alar, guruhga oid turli mahsulotlar, hattoki stadion o‘rindiqlari sxemalari va o‘z tilaklari yozilgan qog‘ozlar bilan tashrif buyurmoqda.
Ular qadimiy e’tiqodga ko‘ra, Yue Lao afsonaviy “qizil taqdir ipi” orqali insonlar taqdirini bog‘lashiga ishonadi. Shu sababli muxlislar o‘zlarini noyabr oyida Kaosyun shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan BTS konserti chiptalari bilan “bog‘lash” umidida ibodat qilmoqda.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ayrimlar buni samimiy ishonch deb baholasa, boshqalar esa chiptalar uchun kurashning qanchalik keskin ekanini ko‘rsatuvchi qiziqarli holat sifatida izohlamoqda.






























Izohlar 0
…