date

Fuqaro xorijda tahsil olishi uchun aliment qarzini to‘lashiga to‘g‘ri keldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor N.I.dan undiruvchi B.M. foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun har oylik daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan tegishli ijro harakatlari olib borilib, qarzdorni ogohlantirish maqsadida uning yashash xonadoniga bir necha bor chiqilgan. Biroq, qarzdor uyda bo‘lmaganligi sababli uning ota-onasi rasman ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan aliment to‘lovlari 19 oy davomida to‘lanmagani va natijada 29 million so‘m qarzdorlik vujudga kelgani aniqlandi.

Shuningdek, qarzdor N.I.ning Misr davlatida tahsil olayotgani ma’lum bo‘lib, uning chet elga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

Ko‘rilgan majburiy ijro choralari va olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdorning ota-onasi tomonidan farzandining xorijda tahsil olishi uchun aliment qarzdorligi to‘liq qoplab berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro xorijda tahsil olishi uchun aliment qarzini to‘lashiga to‘g‘ri keldi