Issiq o‘lkalarda o‘sadigan meva daraxtlarining ba’zilarini non daraxti deb atashadi. Buning boisi shuki, bu daraxtlar serhosil, mevalari biryo‘la yoppasiga etilmay, birin-ketin pishadi va non o‘rnida iste’mol qilinadi.
Non daraxtining 15—20 yoshlik rosmana bir tupi 1—2 kishini, 5—6 tupi esa katta bir oilani bemalol bir yil boqa oladi.
Non daraxti Osiyoning sharqi va janubidagi orollarda istiqomat qiluvchilarning qadim zamonlardan beri ishongan va tayangan osh-noni bo‘lib kelmoqda. Non daraxti o‘sadigan orollarda istiqomat qiluvchilar non daraxti haqida «… bizga non, kon, soya va kiyim-kechak beradi», deyishadi.
Non daraxti sershox, bo‘yi 18—20 metr, po‘stlog‘i sarg‘ish kulrang, yog‘ochi sariq va sarg‘ish-jigarrang, barglari yirik bo‘ladi. Non daraxtining gullari bevosita daraxt tanasidan yoki yo‘g‘on shoxlaridan chiqadi, mevasi juda katta bo‘lib, o‘rtacha og‘irligi 20—25 kilogramm, hatto 40 kilogrammliklari ham uchraydi. Ulkan meva shaklan bochkaga yoki nokka o‘xshaydi, bo‘yi 30—90 santimetr, diametri 25—50 santimetrdir. Pishgan meva och sariq yoki limonrang, eti chuchmalroq shirin bo‘ladi.
Bir tup daraxt 700—800 dona meva beradi. Bu mevalar noyabrdan avgustgacha birin-ketin pishaveradi. Ehtiyojga qarab keragicha olinib ovqatga ishlatiladi. Avgust, sentyabr va oktyabr oylarida non daraxti gullashdan va meva tugishdan to‘xtab dam oladi. Shu davr o‘tgach, yana gullab, meva tugishga kirishadi. Meva xomligida eti qattiq, pishganida xamirdek yumshoq bo‘ladi. Ovqat uchun faqat urug‘siz navlarining mevalari ishlatiladi: Pishgan mevalardan har xil non tayyorlanadi. Janubiy Hindistonda xonadon pazandalarining non daraxti mevasidan turli taomlar tayyorlash usuli keng tarqalgan.
Mevalar uchi ayri uzun yog‘och yordamida uzib olinib, terib qo‘yiladi. Keyin qoziqqa o‘xshash kalta, uchi o‘tkir nayza bilan bir necha joyidan teshiladi va shu holida qoldiriladi. Mevaning eti kechasi bilan achib tong otguncha oshgan xamirdek bo‘lib qoladi. «Xamir» yog‘och tog‘arada suv, kokos yog‘i aralashtirilib uzoq vaqt qo‘lda qoriladi. So‘ngra katta-katta zuvalalar qilinadi va banan bargi bilan o‘rab pechkada yoki qizitilgan toshga yopib pishiriladi. Bunday nonning mazasi biz iste’mol qiladigan nonlarnikidan hech farq qilmaydi. Uni eganlar o‘zlarini doimo baquvvat va bardam sezadilar. Bu hol sinovlar bilan tasdiqlangan, chunki mazkur nonning tarkibida B va E vitaminlar guruhiga kiradigan vitaminlar ko‘p. Ular non pishirilganda ham emirilmay, parchalanmay aslicha saqlanadi.
Mahalliy xalq yosh non daraxti po‘stlog‘idan dag‘al tola olishadi, undan arqon eshadi va turli narsalar to‘qishadi. Sarg‘ish jigarrang yog‘ochi tropik mamlakatlarda keng tarqalgan chumolilarga va zamburug‘ kasalliklariga g‘oyat chidamli bo‘lib, qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Undan har xil mebellar, buyumlar yasaladi, ip gazlamalar bo‘yash uchun bo‘yoq olinadi. To‘q yashil rang yirik barglari yaxshi soya beradi. Shuning uchun bu daraxt bog‘ va parklarga ko‘plab ekiladi. Poliveziyaliklar uning bargidan yengil, pishiq va chiroyli shlyapalar tayyorlashadi. Non daraxti barglari va maydalangan urug‘lari hayvonlarga to‘yimli em-xashak o‘rnida beriladi. Erkak to‘pgulining o‘zagidan pilik, shirasidan elim tayyorlanadi. Erli xalq uning ildizi, barglari, po‘stlog‘i, ko‘k mevasining etidan ba’zi kasalliklarni davolashda dori sifatida foydalanadi.
Ayni zamonda non daraxti Osiyo qit’asining sharqiy janubiy qismidagi tropik mamlakatlarda va unga qo‘shni orollarda saqlanib qolgan, xolos.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»