15:08 / 18.05.2017
14 162

O‘zbekistonda mevalar va uzumning yangi navlari yaratilmoqda

O‘zbekistonda mevalar va uzumning yangi navlari yaratilmoqda
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazida 2017-2021 yillarda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda Qalampir.uz xabar qilmoqda.

Markaz olimlari tomonidan mevalar va uzumning 150 dan ortiq yangi navi yaratildi. Shaftolining “Uchqun”, “Gulnoz”, “Istiqbol” “Hilola”, olxo‘rining “Yarxi”, tog‘ olchaning “Muxtor”, “Maysara” va “Hosilot” navlari shular sirasidandir. Bugungi kunda institut olimlari yaratgan 11 meva turining 24 xil navi Davlat nav sinash komissiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, intensiv bog‘larni kengaytirish maqsadida aniq manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda 32 ming 400 gektar erda ana shunday bog‘lar tashkil qilingan. Joriy yilda yana 13 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar barpo etiladi.

Eng yaxshi sanoatbop navlar mazkur markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yaratilgan bo‘lib, ular Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Vengriya, Polsha, Ruminiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda.

Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti in–vitro laboratoriyasida 5 ming 600 dona gilosning K-5 yarim pakana payvandtagini ko‘paytirish hamda mevali ekinlar payvandtagini maxsus ozuqa muhitda parvarishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Joriy yilda in–vitro laboratoriyasida virussiz intensiv ko‘chatlar (yong‘oq, nok, tok, shaftoli, o‘rik, bodom) payvandtaglarini ko‘paytirish bo‘yicha xorijiy grantlar mablag‘lari hisobiga zamonaviy issiqxona qurilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda mevalar va uzumning yangi navlari yaratilmoqda