Ajrashgandan so‘ng darrov erga tegish mumkin emasligining sababi ilmiy jihatdan o‘rganildi.
AQShlik olimlar Qur’oni karimdagi eridan ajrashgan yoki eri o‘lgan ayolning to‘rt oyu o‘n kun idda saqlashi haqidagi oyatning hikmatini aniqladi.
2011 yildan boshlab olimlar Qur’oni karim ko‘rsatmasiga binoan shariat ahkomiga ko‘ra eri o‘lgan yoki eridan ajralgan ayol 4 oyu 10 kun yoki uch marta hayz ko‘rguniga qadar turmushga chiqa olmasligini, buni shariatda “idda” deb atalishini tadqiq etdilar.
AQShning biologik tadqiqotlar laboratoriyasi direktori va Kaliforniya universitetining zaharli moddalarga oid fanlar professori, doktor Jamoliddin Ibrohimning ta’kidlashicha, “Ayollarning immun tizimini tadqiq etish jarayonida ularda naslga oid xotirani saqlab qoladigan maxsus hujayra mavjud ekani ayon bo‘ldi. Ayol eri bilan qovushganida ayolning organizmiga tushgan spermatazoidlarni uning tanasidagi to‘qimalar nasl sifatida saqlab turadi. Ana shu to‘qimalar reproduktiv organlarda faolligini saqlab qoladi”.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, agar ana shu uch oy vaqt ichida ayol boshqa turmush qilsa, bu ayolning immunitet tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning tanasida saraton o‘smasini paydo qilishi mumkin ekan.
Bu ilmiy tadqiqot ko‘p erga tegadigan ayollarda uchraydigan ko‘krak va tuxumdon saratonining sababini aniqladi.
Ayollar ikki sababga ko‘ra idda o‘tiradi:
eri o‘lgani sababli idda saqlaydi;
ajrashganidan so‘ng idda saqlaydi.
Bu boradaga shariatimiz hukmlari Qur’oni karimda quyidagicha bayon qilingan:
“Xotinlaringiz orasidagi (keksayib) hayz ko‘rishdan umid uzganlari, agar sizlar (iddalari xususida) shubhalansangiz, bas, (bilingizki) ularning iddalari uch oydir, yana (biror marta) hayz ko‘rmaganlarning (iddalari) ham. Homiladorlarning (idda) muddatlari homilalarini qo‘yishlari (ko‘z yorishlari)dir. Kimki Allohga taqvo qilsa, (Alloh) uning ishini oson qilur” (Taloq surasining 4-oyati).
“Taloq qilingan ayollar o‘zlariga qarab, uch hayz muddati (o‘tishini) kutib o‘tiradilar…” (Baqara surasining 228-oyati)
“Sizlardan vafot etib, xotinlarini qoldirgan bo‘lsalar, (beva xotinlari) to‘rt oyu o‘n kun o‘zlarini kuzatib (idda saqlab o‘tiradilar)…” (Baqar surasining 234-oyati).
Kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan amerikalik embriolog Rob Gillham (Robert M. Gillham) aynan ayollarning iddasi haqidagi oyatlarning haqiqatiga guvoh bo‘lganidan so‘ng islom diniga kirib musulmon bo‘ldi.
Albert Eynshteyn nomidagi institut olimlarini ajrashgan ayollarning idda o‘tirish muddati haqidagi shariat ko‘rsatmasi qiziqtirib qoldi. Ular ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot olib borib ayolning tanasi erkakning “tamg‘a”sidan ana shu muddat ichida butkul xalos bo‘lishini aniqlashdi.
Misr milliy markazi qoshidagi tibbiyot universiteti professori, doktor Abdulbosit as-Said embriolog Gillhamning ilmiy ishini sharhlar ekan, “Jinsiy yaqinlikdan so‘ng ayolning tanasi erkakning “tamg‘a”sidan har oyda 30 foizdan xalos bo‘lib boradi. To‘liq tozalanishi esa Qur’oni karimda ko‘rsatilganidek, uch marta hayz ko‘rish davomida bo‘ladi”, dedi.
Ushbu tadqiqot Qur’oni karimning naqadar buyuk kitob ekanini tasdiqlovchi yana bir dalil bo‘ldi.
Embriolog tadqiqotini dastlab musulmonlar yashaydigan hududda, keyin esa nomusulmonlar yashaydigan hududda olib bordi. Ushbu jarayonda Gillham muslima ayollardan farqli o‘laroq boshqa ayollarning o‘z tanasida bir vaqtning o‘zida bir necha erkakning turli xil xromosomalarini ko‘tarib yurganiga guvoh bo‘ldi.
Xususan, u o‘z xotinida turli erkaklardan o‘tgan uch xil xromosomani ko‘rib, xotinining xiyonatidan voqif bo‘ldi. U uch nafar farzandidan faqat bittasi uning biologik jihatdan bolasi ekani haqidagi qarorga keldi. “Muslimalar – er yuzidagi eng pok ayollardir”, deya xulosasini bayon etdi embriolog.
Aslida bu jahon embriologiyasida birinchi uchragan hodisa emas. O‘z vaqtida kanadalik dunyoga mashhur olim, anatomiya va embriologiya sohasi bo‘yicha etakchi mutaxassis, dunyoning sakkiz tiliga tarjima qilingan “Inson embriologiyasi” kitobi muallifi Keyt Mur: “Agar 20 yil oldin Qur’oni karimni bilganimda Nobel mukofotini olar edim”, degan edi.
Embrionning rivojlanishini o‘rgangan ilmlari bir yarim ming yil burun Qur’oni karimda qanchalik aniqlik bilan yozilganiga guvoh bo‘ldi. Kashfiyotlari natijasini Mur yangi kitobiga jamlab uni “Inson embriologiyasi islomiy qo‘shimchalar bilan” deb atadi.
Faktlarning ko‘rsatishicha, ko‘plab ilm-fan namoyondalari o‘zlari ko‘p yillar davomida tadqiq etib echimini topdim degan masalalar Qur’oni karimda bayon etilganini ko‘rib hayratga tushmoqda. Natijada shunga o‘xshash kashfiyotlar va ixtirolar qilgan turli soha olimlari Qur’on karimni puxta o‘rganishga kirishgan. Ularning aksari Qur’oni karim oyatlarining ilmiy tasdig‘iga guvoh bo‘lganlaridan keyin haqiqiy dinga e’tiqod qilmoqdalar.
Internet materiallari asosida Damin JUMAQUL tayyorladi.
Manba: muslim.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi