09:02 / 30.08.2017
10 727

O‘zbek xalqining tarixiga oid 5 ta lavha: to‘rtinchi lavha

O‘zbek xalqining tarixiga oid 5 ta lavha: to‘rtinchi lavha
4-lavha. O‘zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyotining tarixi

Jonajon mamlakatimiz hududida shahar-davlatlar hamda markaziy boshqaruv tizimi va unga bo‘ysungan hududlarga ega ko‘plab davlatlar bo‘lganligini tarix darsliklaridan yaxshi bilamiz.

Qadimgi qabilalarning davlatchilik boshqaruv shakliga o‘tishida yangi-yangi ixtirolarning kashf etilishi muhim rol o‘ynagan. Masalan, bronza davrida ajdodlarimiz kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etganlar. Shu tariqa sodda harakatlantirish vositalari ham vujudga kelgan.

Mil. avv. IX–VIII asrlarda O‘zbekiston hududida ilk temir asriga o‘tish boshlangan. Mil. avv. VII–VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo‘lgan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq taraqqiy etgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o‘rnatilgan.

Qadimgi davrda O‘zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti — mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga (dehqonchiligiga) asoslangan edi.

Mil. avv. VII–VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari va O‘zbekistonga chegaradosh viloyatlar Baqtriya davlati ta’siri ostida bo‘lgan.

Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida mil. avv. VII–VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, hunarmandchilik va savdo markazlari edi.

Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va Afrosiyob o‘rnida Baqtriya va Sug‘dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O‘zbekiston hududida eng qadimgilari bo‘lib, ularning yoshi 2700 yildan kam emas.

Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Yerqo‘rg‘on va Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) kabi qadimiy shaharlarni o‘rganishgan.

Aziz o‘quvchi! Biz o‘z tarixini bilgan xalq kelajakka ishonch bilan nazar tashlashiga ishonamiz. Vatanimiz tarixini, eng avval, maktab darsliklaridan, so‘ngra turli tarixiy ma’lumotlar mujassam bo‘lgan kitob, internet nashlari orqali o‘rganing.

Bularning orasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan tarix muzeylariga tashrif buyurishni ham unutmang! Faqat shundan keyingina tarixiy filmlar, xoh u hujjatli, xoh badiiy bo‘lsin, sizga tushunarli va qiziqarli bo‘ladi.

Unutmang, Tarixni bilish, Vatanni sevish — milliy iftixorning dastlabki belgilaridan.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yillik shodyonalari barchangizga muborak bo‘lsin!

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek xalqining tarixiga oid 5 ta lavha: to‘rtinchi lavha