
Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 29-oktabr kuni soat 20:10 atrofida Urgut tumanida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. 156-umumta'lim maktabi o'quvchisi "Damas" avtomobili boshqaruvida harakatlanayotib, rulni boshqarishni yo'qotdi va mahalla hududida sayr qilayotgan bolalarni urib yuborishiga oz qoldi.
Yigit omadi kelib, fojiadan qutulib qoldi. Mazkur holat yuzasidan o'quvchining ota-onasiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning "Bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik" moddasi asosida ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, transport vositasining egasiga nisbatan "Haydovchilik hujjatlari bo'lmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi" haqidagi moddaning 2-qismi bo'yicha bayonnoma tuzildi. Unga 5 bazaviy hisoblash miqdori (2 060 000 so'm) miqdorida jarima solinishi mumkin.
Bundan tashqari, maktabda bunday holatlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarlarning ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Urgutda maktab o'quvchisi bolalarni urib yuborishiga sal qoldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar