
“Roma” hujumchisi Paulo Dibala “Milan”ga qarshi oʻyinda penalti amalga oshira olmadi. Argentinalik futbolchi 82-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirdi, biroq “rossonerilar” darvozaboni Mayk Menyan uning zarbasini qaytarishga muvaffaq boʻldi.
Bu Dibalaning “Roma”dagi birinchi muvaffaqiyatsiz penalti zarbasi boʻldi. Bungacha u penaltilardan 18 marta ketma-ket muvaffaqiyatli foydalanib kelgan edi.
Opta ma’lumotlariga koʻra, Dibalaning oxirgi marta penaltini oʻtkazib yuborgan vaqti 2021 yilning noyabr oyida boʻlib, u oʻsha vaqtda “Yuventus” sharafini himoya qilgan edi. “Milan”ga qarshi oʻyinda penalti amalga oshirgan Dibala jarohat oldi va 84-daqiqada zaxiraga olinishga majbur boʻldi.
Rim klubi “San-Siro” stadionida minimal hisobda magʻlubiyatga uchradi. Juma kuni Jyan Pyero Gasperini jamoasi Yevropa Ligasi doirasida “Reynjers” bilan toʻqnash keladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.