date

Jordi Alba uchun asosiy murabbiy kimligini aytdi

Jordi Alba uchun asosiy murabbiy kimligini aytdi
Ispaniya terma jamoasi va «Barselona»ning sobiq futbolchisi Jordi Alba «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri haqida fikr bildirdi. Alba Emeri bilan «Valensiya»da ishlagan davrini eslar ekan, o‘zining faoliyatidagi muhim o‘zgarishlarni aynan ushbu murabbiy bilan bog‘ladi.

«Mening futbolchilik faoliyatimda asosiy shaxs Emeri bo‘lgan. U meni maydondagi pozitsiyamni o‘zgartirib, rivojlanishimga katta hissa qo‘shgan.

Avvaliga himoyada o‘ynashni xohlamagan edim, ammo Unai shunday qaror qabul qildi. Uning yordami bilan men muvaffaqiyatli faoliyatga erishdim», – deydi himoyachi Tribal Football nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Jordi Alba 2023-yildan AQShning «Inter Mayami» klubida to‘p surmoqda. Joriy mavsum yakunida esa u futbolchilik faoliyatini tugatishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jordi Alba uchun asosiy murabbiy kimligini aytdi