date

O‘zbekistonda ajrashishlar ko‘paymoqda: yoshlar orasida xavotirli holat

O‘zbekistonda ajrashishlar ko‘paymoqda: yoshlar orasida xavotirli holat

Senatning navbatdagi yalpi majlisida oila institutini mustahkamlash va ajralishlar soni ortib borayotgani muhokama qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatda 271 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan bo‘lsa, shularning 45 mingtasi ajralish bilan yakunlangan. Ajralishlarning qariyb 30 foizi — 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eng ko‘p ajralish holatlari Toshkent shahri (5 913 ta), Farg‘ona (4 800 ta), Andijon (4 781 ta) va Samarqand (4 599 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

Yilning ilk yarmida 95 mingta nikoh tuzilgan bo‘lsa, 23 mingdan ziyod oila parchalangan — bu umumiy nikohlarning 24 foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga ko‘p.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, ajralishlarning asosiy sabablari — xarakter mos kelmasligi (54%), boshqa nikoh munosabatiga kirishish (6%), oilaviy hayotga tayyor emaslik (4%) va ishonchsizlik (3%)dir.

Senatorlar bu holatni jiddiy deb baholab, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga parlament so‘rovi yo‘lladilar. Taklif etilgan choralar oilaviy maslahat tizimini kuchaytirish va nizolarni erta bosqichda hal etishni o‘z ichiga oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ajrashishlar ko‘paymoqda: yoshlar orasida xavotirli holat