5 314
Tarmoqlardan sado: «Paxtaga majburiy chiqasizlar, lekin o‘qituvchi ekaningizni aytmanglar!»
Xohlagan bir odamni to‘xtatib, unga mikrafon tuting va bugungi hayot haqida fikr so‘rang: 7 yoshdan 70 yoshgacha aksariyat yurtdoshlarimiz «Mustaqilligimiz sharofati bilan», «Yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib...» degan shablon iboralarni dastak qilgancha obrazga kirib, sallamno aytishga kirishadi. Ozgina bo‘lsa-da vijdoni bor jurnalistning bundan eng kamida ko‘ngli aynishi turgan gap. Ammo, tan olaylik, bunday yombi misol quyma «uchar iboralar»ni aynan o‘zimiz yozaverib, gapiraverib, ko‘rsataverib, kattayu kichikning ongiga singdirib tashladik. Ehtimol, ayb bizda ham emasdir?! Ehtimol...
Mayli, «ehtimollar»ni qo‘ya turamiz. Aytmoqchi bo‘lganim, yaxshiki, an’aviy OAVning yangi turi sifatida baholanayotgan Internet dunyo yuzini ko‘rdi va bugun u jamiyatning asl ko‘zgusiga aylanib ulgurdi. «Shohi bor Iskandarlar» uchun esa «dard aytarga quduq» maqomini oldi. Shu bois, odamlar goh oshkor, goh yashirin qiyofalarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikr-mulohazalarini aytib, ko‘ngil bo‘shatib oladigan bo‘ldi...
Kun.uz sayti tarmoqlarni kuzatib, haftaning eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan mavzulari haqida yurtdoshlarimiz fikrini to‘plab, jamoatchilikka taqdim etib bormoqda. Maqsad, odamlar fikrini o‘rganish, ularni o‘ylantirayotgan muammolar haqida xabardor qilish.
O‘tgan haftada tarmoqlarning «xit» mavzusi o‘qituvchi va shifokorning kaltaklanishi bo‘lgandi. Keyingi o‘rinda paxta mavzusi shaboda misol esa boshladi. 22 sentyabr kuni saytimizda «Xushxabar! Barcha talaba, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari paxta terimidan qaytariladi» nomli xabarning e’lon qilinishi bilan sokin esib turgan «shaboda», «shamol»ga aylandi. Tarmoq foydalanuvchilari bu kutilmagan xabarni bee’tibor qoldirishmadi.
An’anaga muvofiq, saytimiz yurtdoshlarimiz fikriga munosabat yoki sharh bermay keltiradi. Plyuralizm mavjudligi fikr qilish uchun sizga keng imkon, mo‘l misol beradi. Demak, ular bilan tanishamiz (ayrim fikrlarda imloviy xatolar borligi bois, tahrirlandi):
«Biz xam paxta terganmiz talabalik davrida. Hech ham zarari yo‘q, soppa-sog‘miz, o‘lganimiz yo‘q, mayib bo‘lganimiz yo‘q. O‘qishni ham o‘zlashtirganmiz. Ozgina mehnat qilishsa, qadriga yetarmidi yoshlar, qora mehnat nimaligini his qilisharmidi, dalada yashash qanaqa bo‘lishini bilisharmidi. Juda erkalatib yubormayapmizmi yoshlarni...» (Nargiza Hakimova)
***
«Obbo, nima hazilni tushunmaysizlarmi? Shunchaki hazillashib qayt desa, qaytaveradimi axir? Tilxat yozib va’da berdingmi bajar!!! Nima sizlar hokimmidingiz bugun va’da berib, ertaga esingizdan chiqaradigan? O‘qituvchi degan odamning gapi bitta bo‘lishi kerak, ha shunday!!!» (Baxtiyor Sheraliyev)
***
«Paxtalarga va davlatimizga ichim achiyapti. Uning har bir kilosi pul. Endi ularni kim terib oladi? Hali ko‘p yerlarda birinchi terim ham bo‘lmapti. Bundan o‘zimizga ziyon emasmi? Bugun 23 sentyabr tugadi. Dushanba 25, oy oxirlab qoldi. Yaqin orada yog‘in-sochinlar boshlanadi». (Shohistaxon Uljayeva)
***
«Hozirgina Kattaqo‘rg‘on tumani Chig‘atoy qishlog‘ida yashaydigan bir do‘stimdan xushxabar oldim. Har bir kg.ga 500 so‘mdan haq to‘lashgani uchun qishloq odamlari talashib, g‘ayrat bilan paxta terishmoqda, dedi». (Miryakub Kobilov)
***
«Paxtadan qolishga pul berganlar janjal qilib yotganmushmi? O‘shanchunam, quldorlik birdaniga otmen bo‘lmagan bir paytlar, bosqichma-bosqich...» (Qahramon Aslanov)
***
«Vot masala ko‘ndalang. Paxtakorlarimizning oh-zorlari Toshkentga emas, to‘g‘ri Nyu-Yorkka uchib borgan. Duolarda Jahon bankining koreys prezidentiniyam eslab qo‘yaylik, birodarlar». (Shukurjon Islomov)
***
«Prezidentimiz Farmonini bajarmaslikka hech kimning haqqi yo‘q!!! Haqiqatdan ham tushunmovchiliklar yuzaga kelib chiqdi. Ayniqsa, alohida yashaydigan yosh farzandlari bor talabalarga juda qiyin bo‘lyotgandi. Prezidentimizga tashakkurlar bildiramiz!» (Gulichehra Abdullayeva)
***
«MOTdan odam kelarmish. Paxta haqida hech narsa demasligimiz kerakmish. Pul berib odam jo‘natmagan emishmiz. Yakshanba kunlari tashabbus bilan chiqarkanmiz» (@xayol_hayot)
***
Termayin deb paxta,
Qog‘oz qildim soxta...
Otmen bo‘pti bari
Qotdim misli taxta...
Essiz ketgan pulim,
Bermay sinsin qo‘lim!
(Shunaqalar ham bormish...)
***
«Ishda ӯtirsam, qӯng‘iroq bӯldi. «Andijon shahridanman, bugun oilaviy paxtaga chiqmoqchiydik. Kimga murojaat qilsak bӯladi», deb sӯradi bir odam. Undan keyin, Peshkudan bir opaxon telefon qilib, yig‘lab, «Fermer meni dalaga qӯymayapti. Haydab chiqardi. Kecha paxtadan vaqtliroq qaytganim uchun. Men fermerni ӯg‘liga tayinlovdim. Ayting, paxta terishga ruxsat bersin», dedi. Ana shunaqa gaplar, dӯstlar. Terimga ishtiyoqmandlar ham yӯq emas...» (Muslim Mirzajonov)
***
«Bugungi o‘qituvchilar majlisidan: «Paxtaga majburiy chiqasizlar, lekin o‘qituvchi ekaningizni aytmanglar!» (@Adhamov)
***
«Kecha kechda onam bilan gaplashdim. Ular o‘qituvchi. «Ayajon, paxtadan qaytarishibdi. Xursandmisiz?» desam, «Ha, shunday bo‘b qoldi. Nima uchunligiga tushunmadim. Tinchlikmikani o‘zi? G‘alati-ku, bolam» dedilar. «Nega, aya, yaxshi-ku» desam, «Endi, bolam, 40 yillik ish faoliyatimda bunaka xodisa bo‘lmagandi-da», deb xayratlarini yashirolmayaptilar. Chindan ham xayrli bo‘lsin! Uzog‘i bilan quvontirsin!» (Afsona Karimova)
***
«Bularga paxta teradiganlarmas, paxta termaydiganlar kerak. Ularning orqasidan milliardlab pul ishlanishi kerak. Savdogarlardan yig‘ilishi kerak, institut domlalari bitta mashinaning pulini ishlab qaytishlari kerak, hokimlar, xlopzavod bor hali... Fermerga esa ... Kerak bo‘lsa, terib olasan shu paxtani, deb, arag‘ini ichib, yallo qilib yuraveradi. Kechqurun nomiga lalmi do‘qlarni eshitadi, maylisda, terisi filning terisidanam qalin bo‘pketgan davno...» (Shuhrat Shokirjonov)
***
«Fidoying bo‘lgaymiz seni» deb yurgan yoshlar endi gapiga javob beradigan bo‘ldi... Endi paxtani nafaqat avaylab qo‘yishadi, balki, terishadi ham... (Moyli Buva) “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi