Toshkentda 9 qavatli binodagi kiyim do‘koni yonib ketdi

1 daqiqa o'qish218
Toshkentda 9 qavatli binodagi kiyim do‘koni yonib ketdi

Bugun, 25 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan kiyim do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 15:24 da Qizil Sharq mahallasidan yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruv otryadlari soat 15:26 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni 15:37 da to‘liq bartaraf etgan.

Yong‘in 9 qavatli binoning birinchi qavatida joylashgan kiyim do‘konida yuz bergan bo‘lib, 10 kvadrat metr maydon zararlangan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, tezkor harakatlar sabab yong‘in qisqa vaqt ichida nazoratga olingan va katta yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?