
Savol:
Men arab tilini bilmayman. Shu bois Qur’onning o‘zbek tilidagi tarjimasini yod olsam, buning savobi arab tilida yodlash bilan bir xil bo‘ladimi?
Javob:
Yo‘q, o‘zbekchasini yodlash aslini yodlagandek daraja va savobni berolmaydi. Tarjimalar Qur’onning o‘rniga o‘tmaydi. Chunki ular Qur’onning emas, Qur’on ma’nosining tarjimalari hisoblanadi xolos.
Qur’onni yodlash uchun arab tilini bilish shart emas. Arabcha harflarni o‘rganib, Qur’onni tajvidli biluvchi kishi nazoratida yodlasa bo‘ladi.
Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar