18:50 / 02.12.2018
6 489

Telefondan ofat kelmoqda

Telefondan ofat kelmoqda
Bir o‘rta maktab direktori o‘quvchilarning darsga telefon olib kelgan yoki yo‘qligi haqida reyd o‘tkazdi. Sizga ma’lumki telefon o‘quvchilarni darsdan chalg‘itadi. Reyd kutilmaganda bo‘lgani uchun o‘quvchilarda ko‘plab telefonlar borligi ma’lum bo‘ldi. Eng qizig‘i shundaki , tekshiruv jarayonida to‘qqiz nafar qiz bola va to‘rt nafar o‘g‘il bolalar uyali aloqa telefonida behayo surat va videolar borligi aniqlandi. Bizga ma’lumki qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan tezroq balog‘atga yetishadilar. Balki shuning uchun qizlarda ko‘proq bu narsalarga qiziqish kuzatilgandir. Uylab ko‘rsak bu yigit qizlar video va suratlarni yana bittadan dugona va o‘rtoqlariga ko‘rsatmaganlariga hech kim kafolat bera olmaydi. Bu hol menimcha faqat bu maktabda bo‘lmasa kerak. Muammoning dolzarb tarafi shundaki, bu kechagina tug‘ilgan bolakaylar ko‘rganlarini sinab ko‘rgilari kelishi mumkin albatta. Ana shunda juda katta ko‘ngilsizliklar kelib chiqadi.

Direktor to‘g‘ri yo‘l tutib ularning ota -onalariga yotig‘i bilan tushuntirib telefonlarini olib qo‘yishga erishdi. Lekin bu muammoni yechimi emas. Hamma joyda yigirma birinchi asr “axbarot texnalogiyalari asri” deb e’lon qilinyapti. Unda yigirma ikkinchi asr qanday bo‘ladi? Axir bu texnikalar kirib kelganiga hech qancha bo‘lmay shuncha muammo. Men farzandlarim o‘qish o‘rganish o‘rniga keraksiz narsalar bilan shug‘ullanishlarini istamasdim. Farzandlari ko‘cha ko‘yda behayo video va suratlarni ko‘rib , yana nomahram kishilar bilan aloqada bo‘lib yurishlarini hech kim istamasa kerak. Unda qanday qilib bolalarni bu balodan cheklab qo‘ysa bo‘lar ekan? Shundan so‘ng bu muammoni yechimini izlashga jiddiy kirishdim.

Bir harbiy kishi bilan muloqotda bo‘lganimda u kishi ham shu muammoga duch kelgani haqida gapirdi. Uning aytishicha: Avvaliga, bolasiga telefon olib bermabdi va telefon ishlatishni taqiqlab qo‘yibdi. Keyingi muammo, deydi o‘sha kishi -Yosh qizimni qayerda , kimlar bilan yurganini bilmay ovora bo‘lardim. Uni tergab turish uchun telefon olib berishga majbur bo‘ldim. Oddiygina, faqat gaplashish uchun mo‘ljallanganidan. U menga darsga borganini, chiqqanini, uyga kelganini aytib turardi. Vaqt o‘tgach qizim telefonini uyda qoldirib ketadigan odat chiqardi. – esimdan chiqib qolib ketibdi der edi. Oyisidan bilsam u buni ataylab qilar ekan. Chunki bu telefon uchun o‘rtoqlari orasida kamsitilayotgan ekan.

Qizimni kamsitilganiga qarab turolmay yaxshiroq telefon olib berdim. Avvaliga telefon bo‘sh, xotirasiga hech narsa joylanmagan edi. Begona suratlar qo‘shila boshladi, suhbatlashish uchun umumiy saytlar qo‘shildi, o‘z o‘rnida bular qizimning bilim darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Uni telefonini o‘zidanda yaxshiroq tushunishga harakat qildim. Qo‘l ostimdagilar bunga qarashib yuborishdi. Keyin qizimga telefonda qilayotgan har bir yashirin harakatini sezishimni ko‘rsatib qo‘ydim. Qo‘shiqlar va oilaviy suratlardan boshqa hamma narsani o‘chirib tashladim. Deyarli har kuni uni telefonini qo‘limga olib tekshiraman. Yana unga ortiqcha biror narsani sezsam telefondan ayrilishini yaxshilab tushuntirdim. Hozirgi vaqtlarda u biror nojo‘ya harakat qilgani yo‘q, biladiki, men hammasini sezaman. Balki bir kun kelib meni to‘g‘ri ish qilganimni tushunib rahmat ham aytar. Meni yutug‘im shundaki har kuni qanday holatda bo‘lishimdan qat’iy nazar u bilan shug‘ullanishga vaqt topaman, – deydi.

Endi men qanday yo‘l tutsam ekan? Bolarim hali yosh ular hozirdan bu telefonlarga qiziqishadi. Agar ularning tarbiyasini hozirdan bosim ostida ushlasam ularga yomon ta’sir qilar ekan. O‘z ixtiyorlariga qo‘ysa keljakda ulardan nima kutish mumkin? Oddiy telefonga kamsitilsalar, murakkablari ularni hayolini bo‘lsa. Harbiy akamning so‘zlaridan kelib chiqsam men doim farzandimdan bu mavzularda o‘n qadam oldinda bo‘lishim kerak ekan. Lekin ular menga duch bo‘lguncha kun davomida bu telefonlarida nima xohlasalar qilib keyin menga “tozalab”, barchasini o‘chirib bermasliklariga kafolat yo‘q-ku. Qolaversa men ularni uyda nazorat qilishim mumkin, uydan chiqqanlaridan keyin ko‘chadagi muhit ta’siriga tushmaydilarmi? Men faqat o‘zimning bolam emas, barchamiz birlashib bolalar taqdiri haqida uylashimiz kerakligini tushundim. Agar hamma o‘z bolasi bilan shug‘ullansin desak bu noto‘g‘ri bo‘lar edi. Qo‘shnim ertaga ishdan toliqib kelib farzandini nazorat qilishga vaqti bo‘lmasligi mumkin. Biz muammoni ommaviy yechimini izlashimiz kerak!!! Axir hammamiz farzandlarimiz or nomus bilan go‘shangada kelin- kuyov bo‘lishlarini, yaxshi bilim yurtlarida o‘qib, munosib lavozimlarda ishlashlarini istaymiz-ku.

Men qidira-qidira bu muammoning ommaviy yechimini topgandek bo‘ldim. Bir kun qalbimda Allohni topib unga sajda qilib namoz o‘qiy boshladim. Shundan so‘ng shar’iy hukumlar va fiqh ilmini qiziqib o‘qir ekanman, yoshlik chog‘larimda eshitganim bir rivoyat yodimga tushib ketdi. Rivoyatda ustoz o‘z shogirdlariga uyga vazifa sifatida hammadan yashirib Alloh nazari tushmaydigan bir joyda bittadan tovuqni so‘yib kelishlarini buyuradi. Ertangi kun shogirdlar hammasi tovuqlarni so‘yib keladi, lekin faqatgina bir o‘quvchi vazifani bajarmay tovuqni tiriklayin olib keladi. U “Alloh nazari tushmaydigan biror joy yo‘q ekan, qayerga bormay, nima qilmay Alloh meni ko‘rib turganini bildim.” deydi. Bu rivoyat meni o‘sha damlarda ko‘p chuqur o‘ylashga majbur qilgan edi. Anglagandimki otam, onamdan yashirincha biror nojo‘ya ish qilsam ular beradigan jazodan qutulib qolishim mumkin, ammo Alloh taolo beradigan jazodan hech qochib qutilib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga Allohning sevgan bandalaridan bo‘lishga harakat qilishim kerak.

Shu voqealarni eslab turib barcha muammolarning yechimi Allohda ekanini, eng katta muammo o‘zim ekanimni tushundim. Chunki men ko‘p tengdoshlarim qatori dinimni yaxshi bilmayman. Payg‘ambarimizni sollallohu alayhi vasallamni tanimayman, biz uchun barcha muammolarning yechimi berilgan najot kitobi Qur’onni bilmayman.

Shundan so‘ng har kun Muhammad sollallohu alayhi vasallamning o‘rgatganlari, aytganlari, vasiyatlaridan bolalarimga o‘qib sharhlab beradigan bo‘ldim. Asta-sekin jajji bolalarim tushunyaptilarki men ko‘rmayotganimni, onalari ko‘rmayotganini, lekin Alloh doim ko‘rib turishini. Nojo‘ya ish o‘rniga Alloh roziligi uchun savob ishlar qilish kerakligini, “Ota rozi Xudo rozi”, “Jannat onalar oyog‘i ostida”, “Ustoz otangdek ulug‘” degan hikmatlar zamirini chuqur anglayaptilar, Alhamdulilloh.
Navbahor tumani “Axtam sahoba”
jome masjidi jamoatidan: Xurshid FARMONOV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Telefondan ofat kelmoqda