date

Qibrayda fermer yerini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Qibrayda fermer yerini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonini noqonuniy ravishda sotishga uringan ikki shaxs fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar R.S. (muqaddam firibgarlik uchun javobgarlikka tortilgan) va M.T. nomli shaxslar fuqaro F.Sh.ning ishonchiga kirib, Qibray tumanida joylashgan “I.O.” fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan 6 sotix yer maydonini go‘yoki toifasini o‘zgartirish orqali 54 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan.

Tezkor tadbir paytida ulardan 25 ming dollar pulni qabul qilish jarayoni aniq qayd etildi. Shu zahoti gumonlanuvchilar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, yer uchastkalari ayirboshlash yoki sotish kabi operatsiyalar faqat vakolatli davlat tashkilotlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Shu sabab, fuqarolarga qonunga zid ravishda yer olmoqchi bo‘lish yoki sotishga urinmaslik, bunday holatlarda esa tegishli idoralarga murojaat qilish tavsiya etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda fermer yerini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi