
Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi bosh murabbiyi Kyetil Knutsen Chempionlar ligasi doirasida "Monako"ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. Turnirning toʻrtinchi tur bahsida "Budyo-Glimt" raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Biz juda kuchli klubga qarshi oʻynashimizni bilardik. Ular jamoa sifatida juda yaxshi, shuningdek, ularning tarkibida yuqori individual mahoratga ega futbolchilar koʻp.
Gʻalabaga erishish uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratdik, ammo afsuski, toʻpni darvozaga yoʻllashda yetarlicha muvaffaqiyatli boʻla olmadik. Futbolda bu juda muhim omil," - deydi murabbiy UEFA saytiga bergan intervyusida.
Knutsen turnirning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati haqida aniq bir fikr bildirishni istamadi. "Men buni bilmayman va bu hozircha muhim emas.
Hozirda biz oʻrganmoqdamiz. Har bir oʻyinda raqobatbardosh boʻlishimizni his qilaman va bu men uchun eng asosiysi.
Umid qilamanki, yangi mavsumda Chempionlar ligasi yoki Yevropa ligasida oʻynash imkoniyatiga ega boʻlamiz va yangi qadamlar tashlaymiz," - dedi u. Norvegiya klubi turnir jadvalida 2 ochko bilan 27-oʻrinni egallab turibdi, "Monako" esa 5 ochko bilan 18-oʻrinda joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar