date

Frank: Kolo-Muani hali eng yaxshi formada emas


“Tottenxem” bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa hujumchisi Randal Kolo-Muanining jismoniy holati haqida fikr bildirdi. “Menimcha, u toʻgʻri yoʻnalishda qadam tashlayapti va oʻz formasini tobora yaxshilayapti.

Hozircha u hali eng yaxshi holatda emas, lekin, koʻrib turganingizdek, unga qarshi oʻynash juda qiyin”, — deydi Frankning soʻzlarini The Spurs Express nashri keltiradi. Eslatib oʻtamiz, “Tottenxem” 26 yoshli fransuz forvardini yozgi transfer oynasida “PSJ”dan ijaraga olgan edi.

U “shporlar” tarkibida barcha musobaqalarda yetti oʻyinda qatnashdi, ammo hali gol ura olmadi. Biroq, bir marta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Frank: Kolo-Muani hali eng yaxshi formada emas