
Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Yig‘ilish kun tartibidan 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida hududlarda eksport prognozining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda 2019 yilning eksport prognozi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan birinchi navbatdagi vazifalar o‘rin olgan.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning sonini ikki barobarga oshirish hamda O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5242 farmoni ijrosi muhokama qilinadi.
Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, DSI boshliqlari, tijorat banklari rahbarlari, sanoat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning birinchi rahbarlari ishtirok etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar