Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Angren shahrida bo‘lib turibdi, deya xabar qilmoqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.
Prezident dastlab mukammal kapital rekonstruksiya qilingan "Angren" temir yo‘l vokzalining ochilish marosimida ishtirok etgan.
Mazkur vokzal bir paytlar to‘yxona bo‘lgan, keyingi vaqtlarda qarovsiz holatga tushib qolgan edi. Ayni paytda bino "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan xalqaro andozalar darajasida ta’mirlandi, qayta jihozlandi. Endilikda, shu joydan turib hudud aholisi Toshkent-Angren poyezdiga chipta xarid qilishi, shuningdek, mahalliy va ichki marshrutlarga jo‘nash imkoniyatiga ega.
So‘ngra, shu yerning o‘zida Shavkat Mirziyoyev Angren shahrini kompleks rivojlantirishga doir 20 ga yaqin loyihalar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasining yangi binosi bilan tanishdi. U yerda soha vakillari bilan muloqot qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)