13:15 / 25.08.2019
5 267

Oilaviy tadbirkorlik — farovonlik kaliti

Oilaviy tadbirkorlik — farovonlik kaliti
Yurtimizda oilalar farovonligini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu bejiz emas. Chunki oilalarning har jihatdan mustahkamligi, mamlakatning qudratini belgilovchi omillardan biri sanaladi.
Shu bois ham yurtimizda inson manfaatlarini ko‘zlab, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik rivojlantirish va ularning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash borasida qator qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishdan iboratdir.

Yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qulay sharoitlar tufayli oilaviy biznesni bilan shug‘ullanayotganla safi kengayib bormoqda. Xususan, hozirda Toshkent viloyatida 1 ming 314 nafar oilaviy tadbirkor ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritmoqda. Ularda 1 ming 628 nafar inson mehnat qilayapti. Ishchilarning aksariyatini tadbirkorning oila a’zolari va qarindoshlari tashkil etadi. Bu daromadni ortishiga va oila farovonligiga hizmat qiladi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan joriy yil davomida 5,3 mlrd.so‘m soliq va yuoshqa majburiy to‘lovlar amalga oshirildi.

Kezi kelganda shuni aytish kerakki, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga qator soliq imtiyozlari joriy etilgan. Jumladan, Soliq Kodeksining tegishli moddalariga asosan, jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk va yer solig‘i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi.

Bundan tashqari, yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovini to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Qolaversa, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchi bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xunarmandlar o‘z faoliyatini amalga oshirishda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun ko‘pi bilan 5 nafar shogirdni jalb etishga haqlidir.

Shu o‘rinda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, xonadonda qoramol va parrandachilikni rivojlantirish, issiqxona tashkil etish istagini bildirganlarning mingdan ortig‘iga imtiyozli kreditlar ajratildi. O‘tgan davr mobaynida oilalar turmush tarzi, muammolarini o‘rganish maqsadida respublika hamda viloyat ishchi guruhlari tomonidan o‘tkazilgan muloqotlar natijasida nogironligi bo‘lgan, shu jumladan, ijtimoiy ahvoli juda og‘ir, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning bandiligi ta’minlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent viloyatida so‘nggi 5 yilda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 9 ming nafardan ortiq xotin-qizga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratildi.

Toshkent viloyati DSB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oilaviy tadbirkorlik — farovonlik kaliti