
Madridning "Real" klubi hujumchi Viniusius Juniorning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi. Germaniyaning Sport Bild nashri xabariga ko'ra, klub rahbariyati braziliyalik futbolchining emotsional harakatlaridan charchagan.
So'nggi bosqichda, ayniqsa, "Barselona"ga qarshi "El-Klasiko" uchrashuvida yuz bergan holat bu qarorga sabab bo'lgan. Xabarda qayd etilishicha, Viniusiusning murabbiy Xabi Alonso tomonidan ikkinchi bo'limda maydondan olish qaroriga haddan tashqari salbiy munosabat bildirgani klub rahbariyatini xavotirga solgan.
"Real" prezidenti Florentino Peres klub obro'si individual futbolchidan ustun ekanini ko'rsatmoqchi. Ma'lum qilinishicha, "Real" Viniusiusni 2026-yil yozida sotishni rejalashtirgan.
25 yoshli braziliyalik futbolchining transfer qiymati hozirda 150 million yevroga teng. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning o'rtasigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar