date

Bosniya futbolchilari federatsiyaga norozilik bildirdi


Bosniya va Gertsegovina futbolchilari, Edin Jeko boshchiligida, mamlakat futbol federatsiyasining soʻnggi qarorlariga norozilik bildirishdi. Bu haqda sportsport.ba xabar bermoqda.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ruminiyaga qarshi hal qiluvchi uy uchrashuvi boʻlib oʻtishiga bir hafta qolganida federatsiya vakillari ikki asosiy muxlislar guruhiga chiptalarni sotishni rad etishdi. Buning oʻrniga ular toʻliq nazorat ostidagi yangi muxlislar guruhini tashkil qilishgan.

Futbolchilar federatsiyadan boshqa muxlislarga ham chiptalar ajratishni talab qilishmoqda. Hatto oʻzlarining oila va doʻstlari uchun ajratilgan chiptalarini ham ularga taklif qilishgan.

Uchrashuv 15-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Shundan uch kun oʻtib, 18-noyabrda Bosniya va Gertsegovina Avstriya mehmoni boʻladi.

Bosniya terma jamoasi hozircha 15 ochko bilan H guruhida ikkinchi oʻrinda, Ruminiya esa 10 ochko bilan uchinchi oʻrinda bormoqda. Guruh yetakchisi Avstriya boʻlib, u ham 15 ochkoga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bosniya futbolchilari federatsiyaga norozilik bildirdi