
Biroz avval xabar berganimizdek, bugun IIV tomonidan jurnalistlar uchun "Panelniy" nomi bilan tanish Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga qarashli Maxsus qabulxonada press-tur o‘tkazildi.
Bir guruh jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda muassasa boshlig‘i, mayor Alisher Hoshimov barcha sharoitlar bilan tanishtirdi.

Dastlab, Maxsus qabulxona haqida 10 fakt:
1. Mazkur Maxsus qabulxona 1971 yil qurilgan. Hozirga qadar 2 marotaba rekonstruksiya qilingan. 2019 yil yangidan qurildi;
2. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga qarashli Maxsus qabulxonaga sud qarori bilan ma’muriy huqubuzar deb topilgan shaxslar keltiriladi. Ular 3, 10 va 15 sutkagacha saqlanadi;
3. Jazoni ijro etish davrida ichki tartib qoidani buzgan, xodimlarga qo‘pollik qilib, haqoratlagan shaxslarga bildirgi tuziladi va Ma’muriy sudga taqdimnoma kiritiladi. Qayta ko‘rib chiqilgan holda shaxsning markazda bo‘lish davri uzaytirilishi mumkin;
4. Hududda, ma’muriy bino, huquqbuzarlar saqlanadigan ikki qavvatli bino va ochiq havoda vaqt o‘tkazish uchun mahsus maydoncha mavjud;
5. Maxsus qabulxonaga keltirilgan shaxslar 2, 4, 6 o‘rinli xonalarda saqlanadi. Har bir xonada videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Oshxona va yuvinish xonalari alohida. Kir yuvish mashinalari bilan ta’minlangan;
6. Qabulxona 150 kishiga mo‘ljallangan. Ayni kunda 80dan ziyod shaxslar jazoni o‘tayapti. Ulardan 8 nafar ayollar;
7. Jazoni o‘tayotgan shaxslar bir kunda 2-5 daqiqa davomida maxsus xonada telefondan foydalanishi va oila a’zolari bilan suhbatlashishi mumkin;
8. Ular asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-, 183-, 187-, 194-, 195- kabi moddalariga ko‘ra jazoni o‘tashadi;
9. Ichki ishlar vazirligi tomonidan kiritilgan nizomga ko‘ra, Maxsus qabulxona jazoni o‘tayotganlarni har kunlik menyuda keltirilgan uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlaydi. Lekin shaxslarning yaqinlari arizasiga ko‘ra qo‘shimcha yeguliklar ham olib kelinishi mumkin. Ular maxsus ro‘yxat bilan shaxslarga yetkaziladi;
10. Jazoni o‘tash davrida shaxslar taklif bilan chiqqan korxonalarda ishlash uchun ham yuboriladi. Shu tariqa sud tomonidan kiritilgan jarima so‘mmasini to‘lash imkoniyati yaratilgan.


“Kelganimga uch sutka bo‘ldi, bu yerda ekanligimni onam bilmaydi”.
Press-tur davomida jazoni o‘tayotgan shaxslar bilan suhbatlashdik.

N. Salimova, 1995 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan:
— Bu yerda uchinchi sutka vaqt o‘tkazishim. Qo‘shnim bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida 10 sutkaga kelganman. Lekin bo‘lib o‘tgan vaziyatda meni aybim yo‘q.
— Bu yerda ekaningizdan yaqinlaringiz xabardormi?
— Bo‘lgan vaziyatni va bu yerda ekanimni onamga aytishdan uyalaman. Telefonim buzilib qoldi, shuning uchun aloqaga chiqolmadim deb bahona qilmoqchiman.
— Maxsus qabulxonaning sharoitlaridan qoniqyapsizmi?
— Uch mahal ovqat olib kelishadi. To‘g‘ri, och qolayotganimiz yo‘q. Nolimayman. Ammo bu yer o‘z uyimizdek bo‘lolmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing