00:09 / 23.08.2020
3 364

Germaniyalik mutaxassis: «Hozir O‘zbekistonda kuzatayotganlarim Germaniyada 1-2 oy avval bo‘lgan vaziyatga o‘xshaydi»

Germaniyalik mutaxassis: «Hozir O‘zbekistonda kuzatayotganlarim Germaniyada 1-2 oy avval bo‘lgan vaziyatga o‘xshaydi»
Tibbiyot fanlari doktori Verner Ber
Bir oydan beri Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan biri, professor, tibbiyot fanlari doktori Verner Ber COVID-19'ning tarqalishini oldini olish bo‘yicha konsultant sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabida bo‘lib turibdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ushbu infeksionist, mikrobiolog, Germaniyaning mikrobiologik laboratoriyalarini akkreditatsiya qiluvchi organi (DAkkS)ning eksperti mamlakatning turli hududlarida koronavirusga chalingan bemorlarni samarali davolash bo‘yicha zarur tavsiyalarini bermoqda, natijada davo-muolajalarini korreksiya qilishga erishilmoqda.

– Bir oy davomida yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni o‘rganish imkoningiz bo‘ldi. Uni qanday baholaysiz?
– Aslida bu mening O‘zbekistonga ikkinchi tashrifim. Birinchi marta may oyida kelgandim. O‘sha paytdagi va hozirgi vaziyatni taqqoslaydigan bo‘lsam, ayni vaqtda yangi kasallanish holatlarining qayd etilishi sezilarli darajada oshdi. Shuningdek, o‘z yurtim va O‘zbekistondagi holatni taqqoslash imkoniyatiga egaman. Germaniyada koronavirusning birinchi qayd etilishi sizning mamlakatingizga qaraganda olti hafta oldin boshlangan. Ya’ni, hozir O‘zbekistonda kuzatayotganlarim Germaniyada 1-2 oy avval bo‘lgan vaziyatga o‘xshaydi. Ushbu taqqoslash imkoniyatining o‘ziga xos afzalliklari va ijobiy tomonlari mavjud. Chunki men Germaniyada to‘plagan tajribamni ma’lum vaqt siljishi bilan mos ravishda O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman.

– Germaniya va O‘zbekistonda odamlarning epidemiologik vaziyatni qabul qilishida farq kuzatdingizmi?
– Yo‘q, aksincha. Odamlarning xatti-harakatlarini tahlil qilsak, ular Germaniyadagiga juda o‘xshash. Ya’ni, dastlab odamlar virus xavfini jiddiy qabul qilishdi, tartib-intizomga qat’iy rioya etishdi. Ammo vaqt o‘tishi bilan fuqarolar bo‘shashdilar: oralaridagi ijtimoiy masofani saqlamay, niqoblarni to‘g‘ri taqmay qo‘yishdi. Men hozir xuddi shunga o‘xshash vaziyatni bu yerda ham kuzatmoqdaman. Kuni kecha mehmonxona derazasidan shunday holatni kuzatdim: favvora yonida yoshlar niqobni to‘g‘ri taqmagan va ijtimoiy masofani saqlamagan holda dam olishyapti.

Afsuski, Germaniyada odamlar tartib-intizomga rioya qilishni unutgan o‘sha paytda virusning qayd etilishi ancha o‘sdi. Vaziyatdan foydalanib, yurtingiz aholisini ogohlikka chaqirmoqchiman. Agar orangizda shunday befarq odamlar ko‘payadigan bo‘lsa, 1-2 oy ichida kasallikni yangi yuqtirganlar soni keskin ortishi mumkin. Shuning uchun ham ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishlari zarurligini aytmoqchiman. Vaziyatni nazorat qilish odamlarning o‘z qo‘llarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniyalik mutaxassis: «Hozir O‘zbekistonda kuzatayotganlarim Germaniyada 1-2 oy avval bo‘lgan vaziyatga o‘xshaydi»