Keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash sohada amalga oshirilgan islohotlar haqida

Keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash sohada amalga oshirilgan islohotlar haqida
1. Sohaga oid 20 ta qonun hujjati, shu jumladan 1 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmon va Qarori qabul qilindi, 16 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi.

2. Quyidagi institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi:
– keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari tashkil etildi;
– mahallalarda keksalar ishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan rais maslahatchisi lavozimi kiritildi;
– mahallalarda “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashlari tashkil etildi.

3. Keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
– 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga sanatoriylarda har yili yo‘llanmaning o‘rtacha narxiga teng ravishda kompensatsiya olish huquqi berildi;
– Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mablag‘larining 30 foizini pensionerlarni, birinchi navbatda urush va mehnat fronti faxriylarini sog‘lomlashtirishga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yildi;
– “Vatan himoyachilari kuni” va “Navro‘z” bayramlarida “Nuroniy” jamg‘armasi hisobidan urush qatnashchilari va mehnat fronti faxriylariga moddiy yordam ko‘rsatish tizimi joriy etildi;
– “Faxriy murabbiy” ordeni va “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi hamda shu davrga qadar 947 nafar nuroniy
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;
– 23818 nafar yakka-yolg‘iz qariyalar va nogironlarga jami
moddiy yordam hamda “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchilarga muruvvat yordamlarini muntazam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi;
– 493 minga yaqin faxriylarning diqqatga sazovor joylarga, muqaddas qadamjolarga ziyorat va sayohatlari uyushtirildi;
– 4213 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga jami
22 mlrd so‘mga yaqin miqdorda mukofot pullari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi;
– 72 nafari urush qatnashchilariga Haj safariga borish bilan bog‘liq bo‘lgan 1,3 mlrd. so‘m to‘lab berildi;
– “Dori-darmon” AK hisobidan 125 mln. so‘mlik dori-darmonlar urush qatnashchilari, yolg‘iz pensioner va nogironlarga bepul yetkazib berildi.

4. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash yo‘nalishida:
– 126 ta tuman (shahar)da keksa avlod vakillari uchun “Nuroniylar maskanlari” tashkil etildi;
– “Nuroniy” jamg‘armasining barcha xodimlariga pensiyalarni 100 foiz miqdorida to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yildi;
– “Keksalik gashti” jurnali ta’sis etildi. Ushbu jurnal va “Nuroniy” gazetasi muntazam chop etilishi yo‘lga qo‘yildi.

5. Yoshlar ta’lim-tarbiyasida, oilalarni mustahkamlashda keksa avlod vakillarining rolini oshirish yo‘nalishida:
– yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ularning ongiga singdirishda keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish borasida “Nuroniy” jamg‘armasining Mudofaa vazirligi bilan o‘zaro hamkorligi tizimi o‘rnatildi;
– mahallalarda, ta’lim muassasalarida va harbiy qismlarda mehnat faxriylarining yoshlar bilan “Ikki avlod” uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yildi;
– “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” shiorlari ostida “Xotira” maydonlarida, mahallalarda, ta’lim muassasalarida va harbiy qismlarda yoshlarning keksa avlod vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda;
– profilaktik hisobda bo‘lgan farzandi tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 11636 nafar ota-onalardan 6488 nafari keksa avlod vakillarining takliflari asosida ro‘yxatdan chiqarildi;
– keksalar avlod vakillarining targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 286 ta notinch oilalar yarashtirildi, 258 nafar voyaga yetmaganlar profilaktik hisobdan chiqarildi, 263 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar bunday illatdan xalos bo‘lishiga erishildi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar