10:43 / 04.11.2021
2 676

Olimlar spirtli ichimliklarning “o‘rtacha” iste’moli haqida fikr bildirishdi

Olimlar spirtli ichimliklarning “o‘rtacha” iste’moli haqida fikr bildirishdi
Germaniyada o‘tkazilgan yirik tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan yoki ko‘p spirtli ichimliklarni iste’mol qilganlar muntazam ravishda spirtli ichimlik ichishni tark etishadi. Ko‘pchilik, ichmaydiganlar orasida spirtli ichimliklarni oz yoki o‘rtacha miqdorda ichadiganlarga qaraganda o‘lim darajasi yuqori, deb tushunishadi. Tadqiqot natijalari yozilgan maqola PLOS Medicine jurnalida chop etilgan.

Uzoq vaqtdan beri oz miqdorda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish sog‘liq uchun foydali ekanligiga ishonib kelishgan. Bu taxmin spirtli ichimliklardan voz kechganlar va o‘rtacha darajada ichayotganlar o‘rtasidagi tafovut bilan bog‘langan tadqiqotlarga asoslangan edi.

Nemis olimlari 1996-1997 yillarda turmush tarzi, kasallik va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish haqidagi savollar bilan standartlashtirilgan intervyularda qatnashgan 4028 nafar nemis fuqarolari ma’lumotlarini tahlil qilishgan. So‘rov vaqtida ishtirokchilar 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan.

Mualliflar suhbatdan oldin 12 oy davomida ishtirokchilarning spirtli ichimliklarni iste’mol qilishlari, ularning sog‘lig‘i, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishlari, shuningdek, keyingi yigirma yil davomida o‘lim statistikasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishgan. Tadqiqotchilar shuni aniqladilarki, ichishni tashlaganlarning bevaqt o‘limi ko‘pincha spirtli ichimliklardan voz kechish emas, balki surunkali kasalliklar, kundalik chekish yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilish, o‘tmishda spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish va shunga bog‘liq sog‘liq muammolari kabi boshqa omillar bilan bog‘liq.

Shunday qilib, dastlabki suhbatdan oldin 12 oy ichida spirtli ichimliklarni iste’mol qilmagan 447 tadqiqot ishtirokchilari orasida, 405 nafari yoki 90,60 foizi o‘tmishda spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilgan, 322 nafarida o‘limning yuqori darajasi uchun bir yoki bir nechta boshqa xavf omillari, shu jumladan yoshi, jinsi va tamaki chekish bo‘lgan. Qolgan 125 kishi o‘rtacha alkogol iste’mol qiladiganlar bilan solishtirganda umumiy, yurak-qon tomir yoki saraton kasalligidan o‘lim bo‘yicha statistik jihatdan sezilarli farq ko‘rsatmagan.

Grayfsvald universiteti tibbiyot fakultetining tadqiqot rahbari Ulrix Jon o‘zining press-relizida: “Uzoq paytlardan beri spirtli ichimliklarni kam va o‘rtacha iste’mol qilish salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi degan fikrda bo‘lingan. Bu ichishni tashlagan odamlarning kam ichuvchilarga nisbatan ko‘proq o‘lishi bilan izohlangan. Biz ko‘pchilik ichishni tashlagan odamlarda spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolar, tamaki chekish yoki sog‘lig‘ining yomonlashishi o‘limining sababi bo‘lganini aniqladik”, degan.

Tadqiqotchilarning fikricha, oz miqdorda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish sog‘liq uchun foydali degan eski fikrlar noto‘g‘ri. Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaydigan odamlarning umr ko‘rish davomiyligiga uni ichmaslik ta’sir etmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar spirtli ichimliklarning “o‘rtacha” iste’moli haqida fikr bildirishdi