Aholiga yaqin “zapravka”lar xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi

1 daqiqa o'qish235
Aholiga yaqin “zapravka”lar xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi

Aholi yashaydigan hududlarga yaqin joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchalari xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi. Bu haqdagi qaror 2026 yil mart oyigacha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasida belgilandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda shoxobchalarning holatini o‘rganib, belgilangan talablarga javob bermaydiganlarini aniqlaydi.

2026 yil 1 aprelgacha fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan, atrof-muhit yoki yong‘in xavfsizligi talablariga zid bo‘lgan “zapravka”lar xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi.

Shoxobchalarni ko‘chirish yoki buzish bilan bog‘liq xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya qilinadi. Ko‘chiriladigan shoxobchalar uchun infratuzilmaga ega yer maydonlari ajratiladi.

Agar shoxobcha egalari o‘z faoliyatini o‘zgartirishni xohlasa, ularga qonun doirasida boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, ko‘chirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun gaz, elektr energiyasi va boshqa tarmoqlarga ulanishda istisno tariqasida texnik shartlar beriladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, shoxobchalar himoya maydonlari ichida shaharsozlik normalariga zid bo‘lgan boshqa obyektlar qurilishi qat’iyan taqiqlanadi.

Mutaxassislar fikricha, bu choralar nafaqat aholi xavfsizligini ta’minlaydi, balki ekologik holatni ham yaxshilashga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?