
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Amad Diallo APLning 10-turida Nottingem Forest bilan o'yindan (2:2) so'ng o'z golini va natijani izohladi. "Bu golni mavsumning eng yaxshi goli deb atash mumkinmi, bilmayman.
Maydonni faqat bitta ochko bilan tark etayotganimizdan hafsalamiz pir boʻldi. Ammo hozir bizda o'ziga ishonch paydo boʻldi — murabbiyga va uning yaratayotgan tizimiga ishonamiz.
Biz qoʻlimizdan kelganicha harakat qilamiz va Amorimga u bizga ishongandek ishonamiz", — dedi futbolchi oʻyindan keyin. "Manchester Yunayted" hozirda 17 ochko bilan APL turnir jadvalida beshinchi oʻrinda joylashgan.
Chempionat yetakchisi "Arsenal" esa 25 ochkoga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar